Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyidagi qandilsimon idishlar

I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyining arxeologiya kolleksiyasida dunyoviy ashyolar, jumladan meʼmoriy bezaklar (ustun koshlari, shaklga solingan asos qismi va boshqalar), sopol buyumlar (xumlar, xumchalar, ko‘zalar, idish-tovoqlar, kosalar), turli zargarlik bezaklari (marjonlar, shokilalar, uzuklar, ziraklar, bilaguzuklar), o‘qotar qurollarning ayrim namunalari (o‘qlarning bronza uchi), eramizdan avvalgi III asrdan XVIII asrgacha bo‘lgan davrdagi kumush va mis tangalar to‘plamlari ham oz emas.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyidagi idishlar namunalari sirasida qandilsimon idishlarni alohida tilga olish joiz, ular o‘zining hashamati va chiroyli ko‘rinishi bilan boshqa sopol buyumlardan ajralib turadi. Qandilli laganchalardagi Sharq miniatyuralari manzarasi odamlar, hayvonlar, qushlar aks ettirilgan turli mavzulardagi bezaklari bilan ham farqlanadi. Muzey kolleksiyasida alohida namunalari saqlanayotgan eroni “minuiy” sopol buyumlari ham ularga o‘xshashdir. Masalan, kosa bo‘lagidagi jonli sahna kishi eʼtiborini tortadi, unda bir-biriga nimalarnidir aytib yaqinlashayotgan ikkita chavandoz siymosi tasvirlangan. Ularning bir-biriga jadal yaqinlashayotgani otliqlarning jangovar dubulg‘asi ostidagi ro‘mollari hilpirab turgani va otlarning oldinga intilgani, shuningdek, chavandozlarning o‘zlari ilgari qarab turishlari vositasida ko‘rsatilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.