Qoraqalpog‘iston sanʼat Muzeyi arxeologik kolleksiyasining boshqa kolleksiyalaridan ustunligi nimada?

Bugungi kunda I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi asosiy fondida 9 mingdan oshiq buyum (9.134 ta.) va ilmiy-ko‘mak fondida 32 579 ta buyum borligi qayd etiladi.

Kolleksiya tarkibiga sopol, ganj, tosh, suyak, yog‘och, metall, shisha, teri va gazlamadan ishlangan badiiy va maishiy buyumlar kiradi. Xronologik jihatdan kolleksiya Qoraqalpog‘istonning bronza davridan to hududning qadimgi davlatlari, xususan Xorazmning tashkil topishigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

Muzey tarkibidagi saroylar, masjidlar va daxmalar bezaklarida ishlatilgan koshinlarning ajoyib to‘plamini yodga olish joiz. Ular rang-barang murakkab o‘simlik va geometrik bezaklar, shaffof sir bilan qoplangan. Ularning ayrimlarida arab imlosidagi bitiklar va ishlangan sana raqamlarini ko‘rish mumkin. Shunday qilib, muzeyning arxeologik kolleksiyasi ashyolarning miqdoriy tarkibi va ularning yuqori sifati, shuningdek, ayrimlari ning o‘z namunalari bo‘yicha noyobligi jihatidan boshqa kolleksiyalar orasida munosib o‘rin tutadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.