Qoraqalpoq ayollari ko‘chaga qanday shapanda chiqishgan?

Shapanning chetlariga qizil rangli jiyak tikilgan.

Turli balo-qazolardan himoya qiladigan jiyak yonboshdagi yirmochlarda uchta popuk bilan tugagan. Shapanning yonboshida vertikal cho‘ntaklar bo‘lgan. Chopon ustidan belni bog‘lash qoraqalpoq ayollari libosining farqli jihati edi. Xorazmda o‘zbek ayollari faqat azada belni bog‘lagan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.