Qoraqalpoq ayollarining bosh kiyimi xilma-xilligi

Ayollarning bosh kiyimi ham xilma-xil bo‘lib, egasi haqida ma’lumot berib turgan.

Bosh kiyimlari tarkibiga taxiya, kasava, turme, saukele, kiymeshek va tobelik kirgan. Qizaloq va o‘smir qizlar do‘ppiga o‘xshash taxiya kiygan. Taxiya bezaklariga qarab turlicha nomlangan. Marjon taxiya, tobelik yoki kupeli taxiya (uchida ustunchasi mavjud), popekli taxiya (popukli), tozeu taxiya (turli zargarlik buyumlari bilan bezatilgan) shular jumlasidan. Ta’kidlash joizki, popekli taxiyada popukning joylashuviga qarab qizning unashtirilgani yoki unashtirilmagani haqida bilib olish mumkin bo‘lgan. Chunonchi, o‘ng tomonga joylashtirilgan popuk qizning unashtirilganidan dalolat bergan. Chap tomondagi popuk esa buning aksini tasdiqlagan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.