Shapan ayollarning ustki kiyimi bo‘lib, erkaklarnikiga o‘xshash edi.
Biroq ayollar shapanlari Buxoro, Xorazm yoki Rossiyada ishlab chiqarilgan yorqin rangli shoyi yoxud nimshoyi matolardan tikilgan. Ayollar shapani mutanosiblik, gavdaga yopishib turishi bilan Xorazm choponiga juda o‘xshash edi. Shapanning vertikal mayda qaviqlari ayol qaddi-qomatini xushbichim ko‘rsatgan.
Ko‘chaga kiyiladigan shapanlar qimmatbaho kimxob va shoyi matodan tikilib, juda bejirim bo‘lgan.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.