Qoraqalpoq o‘smir qizlari qanday bosh kiyimda yurishgan?

XX asr boshlarida 14–15 yoshli qizlar tanga va marjonlar bilan bezatilgan taxiyalar kiygan.

Taxiyalarning yon tomoniga munchoq yoki ingichka shoyi tasmalar qadalgan bog‘ichlar yopishtirilgan. Shoyi tasmalar kashta bilan qoplanib, munchoq va tangalar bilan bezatilgan. Qiz bolalar taxiyani ro‘molsiz kiygan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.