Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyiga WOSCU nomidan “O‘zbekiston madaniy merosi” ko'pjildli turkumi kitob-albomlari taqdim etildi
Bugun Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyi ilmiy kutubxonasida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi 50 jildni Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyiga O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi bilan birgalikda WOSCU nomidan topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Saidikram Niyozxo‘jaev Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyi direktori Aybek Sidiqovga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining 50 jildlik to‘plamini taqdim etdi. Shuningdek, uchrashuv davomida 10 tilda nashr etilgan 500 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, akademik va professor Jaken Taimagambetov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
O‘tgan yili Qozog‘istondagi muzeylar, jumladan, Abilxon Qasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyi kolleksiyasining O‘zbekiston madaniy merosiga oid artefaktlar va eksponatlarning bir qismi "O‘zbekiston madaniy merosi Qozog‘iston va Qirg‘iziston muzeylarida" hamda "Abilxon Qasteev nomidagi Qozog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi to'plami" nashrlarida o‘z aksini topdi. Bunday hamkorlikdagi loyihalar kelgusida davom etishi ko'zda tutilgan.