Hozirgi paytda devordagi bu yozuvlar saqlanmagan.
Biz bu yozuvlarni qayd qilishda marhum arxitektor V. Filimonov tomonidan olingan fotosuratga tayandik. Bu fotosurat V. Shishkinning arxividan olindi. Ayrim bitiklarni ziyoratchilar yozib qoldirgan. Xatlar har xil (nasx, nasta’liq va boshqa yozuvlar). Ularning orasida ancha qadimiy bitiklar ham uchraydiki, mutaxassislar tomonidan bunga o‘xshash bitiklar O‘rta/Markaziy Osiyoda eng qadimgisi ekanligi qayd etilgan.
Payg‘ambar alayhissalom: «Dunyo – o‘tkinchi hovli, oxirat esa abadiy hovli», – deb aytdilar. Allohning rasuli rost so‘zladlar. Bechora Mahmud Iloqiy [yozdi].
Buni Abd... Muhammad ... tarixning yetti yuz oltmish uchinchi (?) yilning muborak rabi ul-oxir [1362 yili fevral-mart]oyida yozdi.
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: ....794 [1391 – 1392] yil.
Memorial ansambl binolari haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafikasi” turkumidan “Samarqand. Shohi-Zinda” kitob-albomidan olishingiz mumkin.