Qusam ibn Abbos majmuasi ziyoratxonasi gumbazi ichiga nimalar yozilgan?

Ziyoratxona ichki gumbazining atrofida g‘ubor xatida Qur’oni karimning «Tavba» surasi 18–22-oyatlari bitilgan.

Matnda zeru zabarlar qo‘yilmagan. Oyatning oxirida 735 [1334 – 1335] yil tarixiy sanasi bitib qo‘yilgan.

Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol o‘qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo‘rqqan kishilar obod qilurlar. Aynan o‘shalar hidoyat topuvchilardan bo‘lishlari mumkin. Hojiga suv ulashish va Masjidi Haromni obod qilish [vazifalarini o‘tayotganlar]ni Allohga va oxirat kuniga ishongan va Alloh yo‘lida kurashganlar bilan teng qildingizmi?! Alloh nazdida [ular] teng bo‘lmaydi. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmagay. Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida [toatida] mollari va jonlari bilan kurashganlar Alloh nazdida darajalari ulkan zotlar va aynan o‘shalar yutuq egalaridir. Parvardigorlari ularga O‘z tarafidan rahmat, rizolik va ular uchun ne’matlari doimiy [bo‘lmish] jannat [bog‘]lari to‘g‘risida xushxabar berur. [Ular] o‘sha joylarda mangu qolurlar. Albatta, Allohning huzuridagina ulkan mukofot[lar] bor.

Tarixning 735 [1334 – 1335] yil sanasida bitkazildi.

Memorial ansambl binolari haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafikasi” turkumidan “Samarqand. Shohi-Zinda” kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Qusam ibn Abbos majmuasi ziyoratxonasi gumbazi ichiga nimalar yozilgan?Qusam ibn Abbos majmuasi ziyoratxonasi gumbazi ichiga nimalar yozilgan?