Rampur kutubxonasidagi ko‘plab qo‘lyozmalar Hindiston uchun yangilik bo‘lgan.
Bu yerdagi kitoblar hukmdorlar buyrug‘i bilan to‘liq yozilgani yoki ulardan nusxa ko‘chirilgani haqida ma’lumotlar bor. Fanlarning turli sohalariga, jumladan, tabiat bilan bog‘liq ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Temuriylar sulolasi vakillarining ilmiy salohiyati juda yuqori edi.
Kutubxonada ularning mualliflik kitoblari ham saqlangan. Ushbu sulolaning kuchli vakillari Hindistonga kelib, asrlar davomida shu yerda hukmronlik qilib kelgan. Dunyo ularni Boburiylar nomi bilan esga oladi. Bobur kelishidan oldin ham Hindistonda o‘zbeklar o‘zlarining adabiyot, tarix, falsafa va boshqa fanlarga oid asarlari bilan tanilgan.
Mavzuga doir batafsil maʼlumotni “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumidagi “Oʻzbekiston adabiy merosi Rampur Razo kutubxonasi toʻplamida” (XXXIII jild) kitob-albomidan bilib olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.