Rossiya davlat etnografiya muzeyining ilk ekspeditsiyasi 1900 yilda O‘rta Osiyoga yo‘naltirilgan edi.
Ekspeditsiyani amalga oshirish rassom, hujjatli fotografiya mutaxassisi V.V. Bartold va O‘rta Osiyo amaliy sanʼati bilimdoni S.M. Dudinga topshirilgan. Ekspeditsiya davomida O‘zbekiston xalqlari turmush madaniyatiga oid 2000 dan ortiq buyumlar, mehnat qurollari, mahalliy kasb-hunarlarga xos uskuna va ashyolar, kiyim bosh va taqinchoqlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va jihozlari to‘plangan. S.M.Dudin o‘zi bilan olib ketolmagan buyumlarni fotosuratlarga muhrladi.
S.M. Dudin ekspeditsiyasidan so‘ng bu jarayon 1930-yillarning boshida qayta tiklangan. Biroq shu davr mobaynida muzeyga alohida shaxs va kolleksiyachilardan ko‘pgina qimmatbaho eksponatlar kelib tushgan. Ular orasida o‘zbeklar turmush tarzi uchun katta ahami yatga molik bo‘lgan qimmatli va kerakli buyumlar – XIX asrdayoq o‘zining badiiy qadr-qimmatiga ko‘ra kolleksiyachilar eʼtiborini tortib ul gurgan naqshinkor yarim ipak matolardan tikilgan choponlar, zargarlik buyumlari, gilamlar bo‘lgan.
O‘zbek xalqining zargarlik va misgarlik buyumlari kolleksiyalaridan biri pskovlik kolleksiyachi F.M. Plyushkinning vorislaridan muzey uchun Nikolay II ning shaxsiy mablag‘lari hisobiga sotib olingan.
Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 2- jild, “Rossiya davlat etnografiya muzeyi to‘plami" kitob-albomida o‘qishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.