Rossiya xalq kutubxonasidagi sharq qo‘lyozmalari ro‘yxatini kimlar tuzgan?

Manbalarda qayd etilishicha, Sankt-Peterburgdagi Rossiya Xalq kutubxonasiga Sharq qo‘lyozmalarining keltirilishi bilan bir vaqtda ularni ro‘yxatga olish ishlari ham olib borilgan.

Navoiyning Kulliyoti va Jomiyning «Tuhfat ul-ahror»ining bosma shakldagi bayoni Boris Andreyevich Dorn (Bernhard Dorn) 12 tomonidan 1852 yilda tuzilgan katalogga kiritildi. Yangi keltirilgan kitoblar haqidagi keyingi ma’lumotlar Imperator xalq kutubxonasi hisobotlarida aks ettirilgan. 1874 yildan 1917 yilgacha kataloglashtirish ishlarini kutubxona sharqshunoslik bo‘limining ko‘p yillik mudiri, dots.nt, keyinchalik Peterburg universiteti professori Vasiliy Dmitriyevich Smirnov olib borgan. 

1973 yilda Galina Ivanovna Kostigova tomonidan tuzilgan fors qo‘lyozmalarining yangi turkumi katalogi nashrdan chiqdi, 1988–1989 yillarda esa kutubxonada saqlanayotgan barcha forsiy qo‘lyozmalar katalogi chop ettirildi. Unda Amir Olimxon va I.O.Simonichning kolleksiyasi haqida qisqa ma’lumotlar berilgan. Movarounnahr bilan bog‘liq qo‘lyozma bezaklariga nafaqat Rossiya, balki dunyoda birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan shaxs, mashhur tarixchi, san’atshunos va Xalq kutubxonasining ko‘p yillik xodimi Vladimir Vasilevich Stasov (1824–1906) bo‘lgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U «Samarqand Qur’oni» bezak namunalarini chop etibgina qolmay, o‘zining ilk albomiga XVIII–XIX asrlarga oid beshta chig‘atoy qo‘lyozmalari bezak detallarini ham kiritgan. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.