Rus tasviriy san’atida oriyentalizm

XX asr boshlari jahondagi chuqur ijtimoiy o‘zgarishlar, jamiyat taraqqiyotidagi yuksalish va inqirozlar, ilm-fandagi kashfiyotlarga boy bo‘libgina qolmay, san’at tushunchasining ham kengayish davri bo‘ldi.

 

Bu rivojlanishning yangi-yangi obrazli-ramziy va ifodaviy konsepsiyalari tarzida ham, uning geografik ko‘lamining oshishida ham namoyon bo‘ldi. Dunyo san’atida Gʻarb va Sharqning – turli falsafiy dunyoqarashiga, dunyoning badiiy manzarasiga, go‘zallik toifasining o‘ziga xos tushunchasiga, obrazlar va syujetlar tizimiga, o‘z uslubi va odob-axloq me’yorlariga ega bo‘lgan ikki yo‘nalishning uchrashuvi sodir bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida yevropalashish jarayonlari tasviriy san’atning yangi dastgohli turlari – rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikaning paydo bo‘lishiga, shuningdek, tasviriy san’atning milliy maktablari shakllanishiga olib keldi.

Ammo shuni ham qayd etib o‘tish joizki, G‘arb va Sharqning sanʼatdagi o‘zaro bog‘liqligi jarayoni ikki tomonlama sodir bo‘ldi.

Faqat Sharq G‘arbga emas, balki G‘arb ham Sharqqa intildi. Yevropa sanʼatida, xususan, rus tasviriy sanʼatida ham uning kelgusidagi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan mazmuniy, rasmiy-plastik tilini boyitish uchun Sharqqa murojaat qiluvchi “oriyentalizm” nomli noyob holat yuzaga keldi.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Tretyakov galereyasi Davlat to‘plami” (III jild) kitob-albomidan  olishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.