Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega.

 Afrasiyobning shimoliy sharqidagi tepaliklarda Amir Temurning nabirasi Ulugʻbekning osmon jismlari va yulduzlarini oʻrganish boʻyicha qurgan rasadxonasining bir qismi saqlanib qolgan.

Rasadxona binosi 1449-yilda buzib tashlangan, hozirgi kunda tashrif buyuruvchilar rasadxonaning yer osti qisminigina koʻrishlari mumkin.

Samarqandda tarixiy obidalardan tashqari koʻpgina dam olish maskanlari ham mavjud.

Taxtaqorachi dovoni yaqinidagi Omonqutan maskanida hozirgacha Samarqand shahri toʻgʻrisidagi qiziq-qiziq afsonalarni eshitish mumkin.

Bundan tashqari ushbu viloytda neandertallar lageri qoldiqlari topilgan.