Amirlikning yirik shaharlari – Buxoro va Samarqand bozorlariga asosiy gilam yetkazib beruvchilar Amudaryoning o‘rta oqimi hududlarida istiqomat qilgan turkmanlar va Qashqadaryo arablari bo‘lgan.
Samarqand, Nurota, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining o‘zbeklari, qoraqalpoqlar, Sirdaryo bo‘yi qozoqlari asosan o‘z ehtiyojlari uchun gilam to‘qishgan.
Samarqand viloyatning asosiy mahsuloti – julxirs (junli gilam), silliq matoli gilamlarning deyarli barcha turlari. Maishiy mahsulotlarning tarkibi turfa: napramach, to‘rva, xurjun, choyshablar, chodirlarni bezash mahsuloti bo‘lmish bo‘g‘joma. Materiali jundan, XIX asrning ikkinchi yarmidan kam uchrasa-da, asosi paxta ipdan iborat.
Kalta yungli uncha katta bo‘lmagan gilamlar tor g‘altakli, keyinroq keng g‘altakli dastgohlarda to‘qilgan. V. G. Moshkovaning qayd etishicha, «kalta yungli butun gilamlar tayyorlash bu yerda yaqinda paydo bo‘lgan». Qadimiy yungsiz mahsulotlar sirasiga ipakdan to‘qilgan choyshablar namunalari ham kiradi.
Gilamlar rangi qop-qora, bu mahalliy ipakning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘lib, yorqin ranglarga bo‘yash qiyinchilik tug‘dirgan. Umuman olganda Samarqand hududlari guruhlarining mahsulotlari ipagining yaxshi sifati, to‘quvning yuqori zichligi, geometrik bezakning talabchanligi, barkamol ranglari bilan ajralib turadi.
XIX asrning 70-yillariga borib hududda gilamchilik bilan o‘zbek yarim ko‘chmanchilarining 25 foizdan ko‘p bo‘lmagan aholisi shug‘ullangan10. 1930 yillarga kelib yungli to‘quvchilik deyarli yo‘qolib ketadi. Silliq yungli gilamlar ishlab chiqarish ham qisqaradi – 1920 yillarda ishlab chiqarishda faqat qoxma qoladi. Gilamchi ayollar asta-sekin bichimlar nomini yoddan chiqara boshlaydi (texnik belgilariga qarab iboralar ishlatiladi – «yetti ipda», «to‘rt ipda»). XX asrning ikkinchi yarmi mobaynida Samarqand va Jizzax viloyatlarida gilamdo‘zlik deyarli yo‘qolib ketadi.
Mavzu doirasida batafsil: “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston gilamdo‘zligi: asrlarga tengdosh an’ana” kitob-albomida (XIV jild) tanishishingiz mumkin. Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.