Samarqandda ilk Smart muzey ochilgani haqida bilasizmi?
Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida aqlli smart muzey ochildi va muzeyda o'nta ko'rgazma uchun besh tilda ovozli qo'llanma mavjud.

Smart muzey tashrif buyuruvchilarga zamonaviy interaktiv usullardan foydalangan holda yillar davomida, joylar va hodisalar muhitida tarixiy va
madaniy anʼanalarni toʻgʻri aks ettiruvchi tarixiy sahna va tasvirlarni koʻrish imkonini beradi.
Tashrifchilar smartfon yordamida asosiy eksponatlar uchun ovoz va badiiy ob'ekt haqida hikoya shaklida ma'lumot olishadi.
Smart muzeyning boshqa eksponatlari uchun besh tilda audiogidlar tayyorlangan hamda ularni Google play NazzAR (Smartchain MChJ) tarmog‘idan yuklab olish mumkin.