Do‘ppilardagi shakl, rang va naqsh bezaklari maʼlum bir hudud aholisi turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi.
Do‘ppilar oltita asosiy guruhga bo‘linadi: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm-Qoraqalpoq.
Samarqand do‘ppilari naqshlarida to‘g‘ri chiziqlar yoki ko‘p bargli to‘pgullar (oftorblast – kungaboqar, qo‘chqorok – qo‘chqor shoxi) ustunlik qiladi. Samarqand do‘ppilarining ko‘plab turlari piltado‘zi usulida tayyorlangan.
Urgut do‘ppilari Samaraqand qalpoq turlarini o‘zida aks ettirgan. U keng gardish va kichkina yalpoq cho‘qqisi bilan ajralib turadi. Urgut do‘ppisi naqshlari juda uslubiylashgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.