Reysbordlar kolleksiyasidagi abrli matolardagi eng mashhur naqshlardan biri bu sarv daraxti tasviridir.
O‘rta Osiyoga Erondan olib kelingan uzun bo‘yli, doim yashil sarv daraxti abadiylik va erkaklar savlatining timsoliga aylangan. Biroq, matolarda bu daraxtning tasviri birmuncha majoziy maʼnoda qo‘llangan, qolaversa, sarvning o‘zi ham kamdan-kam holda yashil rangda tasvirlangan. Ushbu yorqin rangli choponda sarv bilan bog‘langan motivlar oq va sariq antropomorf shakllar bilan navbat hosil qiladi.
Ulardan so‘nggi tasvirni boshi, aylanma bellari va egilgan qo‘llarining shakliga ko‘ra ayolga o‘xshashini inobatga olsak, Ona maʼbuda tasviri sifatida talqin qilish mumkin bo‘ladi. Yana bir ajoyib ko‘k-yashil chopon juda nozik, tik ravishda yo‘nalgan va takrorlanuvchi sarv daraxti tasviri bilan bezatilgan. Tasvirlar juda o‘xshash bo‘lgani uchun faqat sinchiklab qaralsagina chizgilari aniq ko‘rinadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “AQSH va Kanada xususiy to‘plamlari” kitob-albomida (XXXI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.