Sayyohlar eng ko'p tashrif buyuradigan hududlar bu - mashhur to'rtlik:
Booking.com ma'lumotlari asosida "Ya Oteler" jamoasi O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar fikrlarini tahlil qildi deya xabar beradi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qiziq, sayyohlarga ko'proq nima kerak?
O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar fikri tahlilida nimalar aniqlangan?

Shuningdek mehmonlar uchun sayohat davomidagi ahamiyatli jihatlar ajratib olindi –
personal, joylashuv, tozalik, internet, qulaylik, narx va sifat nisbati va boshqalar.
Har bir shahar barcha bandlar bo‘yicha yetarlicha baland ballar bilan baholandi.
Xususan, mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatuvchi personal umumiy hisobda
9.0 ball, tozalik – 8.7 ball, joylashuv 8.8 ballga munosib ko‘rilgan. Faqat “internet” bandi bo‘yicha pastroq ko‘rsatkichlar qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 6.5, Samarqandda – 6.1, Buxoroda – 6.7 va Xivada 5.6 ball.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda bepul Wi-Fi zonasini kengaytirish maqsadlarida Prezidentning 2018 yil 3 fevraldagi
5326-sonli qaroriga ko‘ra, jamoatchilik joylarida Internetga bepul kirish zonalarini yaratgan xo‘jalik sub'yektlariga imtiyozlar taqdim etiladi.
Hujjatga ko‘ra, o‘z hududida bepul Wi-Fi zonasini yaratgan xo‘jalik sub'yektlarining soliq solinadigan bazasi qurilmalar va
internet-trafik xaridiga ketgan xarajatlar summasi hisobiga kamayadi.
