“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadarë viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, Samarqanddagi Shohi Zindani eslatuvchi Shahrisabzdagi Gumbazi Sayyidon maqbarasi gumbazi va qadama koshinlardan ishlangan epigrafikasi 1975 yilda restavratsiya qilingan.
1996 yilda ravoq bilan birgalikda peshtoq toq ustunining janubiy qismi ham taʼmirlangan. O‘sha kezlarda maqbara gumbazining silindrsimon baland gardishiga – «Hukm chiqarish – Allohga xosdir», «Alloh taolo uchun shukr qilish lozimdir», «Saxovat – Allohga xosdir», «Alloh – maqtovga loyiq», “Alloh”, “Muhammad” kabi Allohni ulug‘lovchi kalimalar kufiy bannoiy xatida ham yozib qoldirilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.