Shahrisabzdagi “Muborak avlod” maqbarasida saqlanayotgan muhim manba

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, Samarqanddagi Shohi Zindani eslatuvchi Shahrisabzdagi Gumbazi Sayyidon maqbarasida muhim manba saqlanadi.

Bu muhim manba Gumbazi Sayyidon maqbarasidagi og‘irligi 2 tonna keladigan sag‘ana toshining yuqori tekis yuzasiga o‘yib yozilgan. U sayyidlar shajarasi bo‘yicha muhim manba sanalgan nasabnomadir. Hozirgi vaqtda bu Termiz sayyidlari (Payg‘ambar avlodlari) xonadonidan bo‘lgan kishilar shajaranomasining eng qadimiy varianti bo‘lib, muhim manba ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otadi.

ESLATIB O‘TAMIZ: Samarqanddagi Shohi Zindani eslatuvchi Shahrisabzdagi Gumbazi Sayyidon maqbarasi “Muborak avlod” maqbarasi deya taʼriflanadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida (286-sahifa) tanishishingiz mumkin.