Sharq Davlat muzeyida hayoti hamda ilmiy faoliyati O‘zbekiston bilan chambarchas bog‘lanib kelgan olimlar ishlagan va ishlab kelmoqda.
Bu olimlar qatorida birinchilardan bo‘lib Boris Petrovich Denike turadi. 1926 yilda uning tashabbusi bilan Eski Termizga uyushtirilgan arxeologiya ekspeditsiyasi muzey tashkil topishidagi muhim voqea bo‘libgina qolmay, O‘zbekiston bilan hamkorlikning debochasiga aylangan. Afsuski, ekspeditsiyaning muvaffaqiyatli ishi ham, B.N. Denikening muzey direktori sifatidagi faoliyati ham 1928 yilda uzilib qolgan. B.N. Denike direktor lavozimidan chetlashtirilib, ekspeditsiya ham to‘xtatilgan. Unga sovet Sharqi yangi sanʼatini targ‘ib qilmasdan, “arxeologizm”ni afzal ko‘rish aybi qo‘yilgan edi. Muzeydagi faoliyati bilan bir qatorda B.P. Denike Moskvadagi bir qator oliy o‘quv yurtlarida Sharq (jumladan, O‘zbekiston) sanʼatidan dars berardi. Shogirdlari orasida o‘z hayotini muzey va O‘rta Osiyo bilan bog‘lagan bir necha yosh sanʼatshunoslar bo‘lgan.
Ulardan biri taniqli olim Boris Vladimirovich Veymarndir. U 1927 yilda muzeyda haq to‘lanmaydigan ish o‘rganuvchi-amaliyotchi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘rta Osiyoga qiziqishi esa B.P. Denike bilan birga qatnashgan ekspeditsiya davomida shakllangan. Uning ilk ishlaridan biri 1934 yilda V.N. Chepelev bilan hamkorlikda yaratilgan «O‘zbekiston sanʼati» risolasi bo‘ldi. 1937 yilda u ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib tayinlangan, shu yilning o‘zidayoq muzey xodimlari orasida birinchilardan bo‘lib sanʼatshunoslik bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Urushning og‘ir yillarida B.V. Veymarn muzey direktori bo‘lgan, lekin Sharq sanʼati bo‘yicha o‘z ilmiy izlanishlarini bir chetga surib qo‘ymagan. Chunonchi, 1948 yilga qadar, yangi ishga o‘tgunicha, B.V. Veymarn muzey xodimasi N.V. Cherkasova bilan birga «O‘zbekiston sanʼati qisqacha tarixi»ni nashrga tayyorlagan.
Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi “Sharq davlat muzeyi to‘plami» (I jild) kitob-albomida o‘qishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.