Sharqshunos olimlar uchun bitmas-tuganmas xazina

1947 yilda Hindiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin Rampur Hindiston ittifoqiga qo‘shiladi va kutubxona uning prezidenti bo‘lgan Navob Riza Alixonning ishonchli boshqaruviga o‘tadi.

 

1957 yilda kutubxona Hamid Manzildagi muhtasham bino — «Kitoblar Toj Mahali»ga ko‘chirildi. 1975 yilda Rampur Raza kutubxonasi to‘g‘risidagi alohida qonun qabul qilinib, Markaziy hukumat kutubxonani boshqarish uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Kutubxonani Milliy ahamiyatga ega muassasa, deb e’lon qildi. 

Bugungi kunda kutubxona Hindiston hukumati Madaniyat vazirligi huzuridagi mustaqil muassasa hisoblanadi va u sharqshunos olimlar uchun bitmas-tuganmas xazinadir. Kutubxonani ko‘plab taniqli olimlar boshqarib kelgan. 

Mavzuga doir batafsil maʼlumotni “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumidagi “Oʻzbekiston adabiy merosi Rampur Razo kutubxonasi toʻplamida” (XXXIII jild) kitob-albomidan bilib olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.