Shaxrixon ustalari yasagan noyob pichoqlar

Pichoqlar va qinlar alohida kolleksiyaga biriktirilgan. O‘zbek pichoqlari juda ham o‘ziga xos bo‘lib, ularda tashqi ko‘rinish badiiy xususiyatlari hamda funksionallik uyg‘unlashib ketgan.

Pichoqlarni ishlab chiqarish uchun har doim yuqori sifatli po‘latdan foydalaniladi. Shahrixon hunarmandlari tomonidan kumushni qoraga bo‘yab yasalgan pichoqlar o‘ta noyob sanaladi: ularning dastalarida sher, qoplon, qo‘zichoq va islimiy naqshlar tasvirlangan. Dastalari va qinlari sariq misdan yasalgan. G. Mutalipov xanjari dastasining bosh qismida maʼlum uslubga solingan burgutning boshi tasvirlangan va bu o‘z o‘rnida uning “Burgut” xanjari nomini olishiga sabab bo‘lgan. Dastasi va qini o‘yma va bosma naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlari – islimiy. Bezaklarida qizil va yashil ranglardagi plastik ko‘zmunchoqlardan foydalanilgan. A. Qosimov tomonidan ishlangan qilich tig‘ida bir-biriga qarab o‘kirayotgan ikki sher tasvirlangan. T. Hakimov yasagan qilich tig‘ida esa burgut va quyon tasviri o‘yilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.