Eronda tarixiy matnlardan tashqari keng ko‘lamli she’riy matnlar ham tasvirlar bilan bezatilganini aytib o‘tish joiz.
Ko‘pincha hukmdorning o‘z kutubxonasi va saroy a’yonlari uchun qilgan buyurtmalari bilan bir qatorda, saroy ustaxonasi – kitobxona mahsulotlariga taqlidan kitob tayyorlagan ishlab chiqaruvchi mavjud bo‘lmaganmikan, degan savol ham tug‘iladi. Supplément persan 1958 raqamli qo‘lyozma yuksak darajadagi kitob mahsulotlarining betakror namunalaridan hisoblanadi. U kitobdor Sulton Mirak Munshiyning rahbarligi ostida Buxoroning saroy ustaxonasi (kitobxona)da mashhur xattot Mir Ali tomonidan ko‘chirilgan, undagi tasvirlar o‘ziga xos bebaho nodir asar yaratish ishtiyoqi kuchli bo‘lganidan dalolat beradi.
Manabu go'zal tasvirga e'tibor bering. Hukmdor saroyiga tutib keltirilgan qaroqchilar orasida vazir bir yosh yigitni ko‘rib qoladi va shohni uning gunohidan o‘tishga ko‘ndiradi Ammo noshukur yigit o‘z xulqini o‘zgartirmaydi va ikki yildan keyin vazirnikiga bosqinchilikka kirib, uning o‘g‘illarini o‘ldiradi. Mazkur hikoya «Guliston»ning birinchi bobida keltirilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.