“Shohizinda”ning Shahrisabzdagi “egizagi”

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi «Dor ut-tilovat» majmuasida Amir Temur va uning avlodlari davrining o‘ziga xos ziyorat-me’moriy yodgorliklari barpo etilgan.

Tuzilishi jihatidan katta kvadratni eslatuvchi va qariyb 500 kv.m umumiy maydonni egallagan majmuaning ayrim yodgorliklari o‘zining me’moriy-tuzilish kompozitsiyasi jihatidan Samarqanddagi Shohizinda obidalarini esga soladi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.