Shtutgartdagi Linden nomidagi muzey Yevropadagi eng mashhur etnologiya muzeylaridan biridir. Uning taxminan 150 000 ashyodan iborat to‘plami – uy-ro‘zg‘or buyumlari, yuksak mahorat bilan ishlangan badiiy asarlar, shuningdek, fotosuratlarning ajoyib jamlanmasini o‘z ichiga oladi.
Muzeydagi Sharq bo‘limining yuksak xalqaro obro‘ga egaligi undagi ashyolarning Sharq, shu jumladan O‘rta Osiyoga tegishliligi bilan ham belgilanadi. Ko‘rgazmalar va nashrlar tufayli mazkur to‘plam katta shuhrat qozongan. Xususan, 1995 yili Shtutgartda «Ipak yo‘li vorislari – O‘zbekiston» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekiston – yosh va mustaqil davlat o‘z badiiy merosini vaqtinchalik taqdim qilgan birinchi xalqaro ko‘rgazma bo‘lgandi.
To‘plamni tizimli uyushtirib borishga intilish Eron, Afg‘oniston va Pokistonga yana bir marta endi Kalter boshchiligida safar uyushtirishga (1978 yil, 25 aprel – 10 avgust) turtki bo‘lgan. Shimoliy Afg‘onistonda u asosiy eʼtiborni turkmanlar ko‘chmanchi madaniyati ifodasi bo‘lmish ashyolarni qo‘lga kiritishga qaratgan. O‘sha yerda “o‘zbeklarga” tegishli bir qancha buyumlar sotib olingan. Shu bilan birga, Kobul bozorida xarid qilingan narsalarning kelib chiqishi hanuz bahsli qolayotganini ham aytib o‘tish lozim. Masalan, kashtali kiyim «turkmanlar yoki o‘zbeklar» tomonidan tikilgan, deya tavsiflanadi. Shunga o‘xshash boshqa ashyolar esa turkmanlarniki sifatida qayd etilgan.
Shu singari o‘zaro qarama-qarshi maʼlumotlar turkmanlar yashovchi Oqcha tumanida sotib olingan buyumlarga ham taalluqlidir. Shimoliy Afg‘onistondan keltirilgan ko‘krakpechlar to‘g‘risida Y. Kalter ehtiyotkorlik bilan, ular yo turkmanlar, yo laqay o‘zbeklari tomonidan tayyorlangan yoki har ikki xalq uslubiga tegishli bo‘lishi mumkin, deb yozgandi. Moddiy madaniyat ashyolarining etnik tegishliligini uzil-kesil aniqlashtirish muammoligicha qolmoqda.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.