Sitorai Mohi Xossa saroyiga 28 mlrdlik zarar yetkazilgan!

Dunyoda O‘zbekistonchalik moddiy madaniy-meros ob’ektlariga boy mamlakatlar sanoqli.
Biroq O‘zbekistonchalik bu betakror boyliklarga zarar yetkazgan davlatlar ham sanoqli. Xususan,
Bosh prokuratura tomonidan so‘nggi 3 yilda 320 ta moddiy madaniy meros ob’ektida amalga oshirilgan
ta’mirlash-tiklash ishlarida ko‘plab qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Birgina Sitorai Mohi Xossada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani natijasida uning tarixiy va badiiy qiymatiga 28 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ситораи Мохи-хоса гарем - Изображение Дворец, подобный звездам и луне  ("Ситораи Мохи-хоса"), Бухара - Tripadvisor

Shuningdek, tarixiy ob’ektlarda ilmiy ekspertlik kengashining ruxsatisiz restavratsiya yoki ta’mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin emasligiga qaramay,
14 ta ob’ektda ruxsatsiz jami 12 mlrd 454,9 mln. so‘mlik ta’mirlash-tiklash ishlari bajarilgan. 

“Buyurtmachi, pudratchi, loyihachi, ekspertiza tashkilotlari, hatto ayrim mansabdorlarning o‘zboshimchaligi bilan
ming yillik tarixga ega obidalarga tiklab bo‘lmas darajada zarar yetkazilgan.

Дворец Ситораи Мохи-Хоса в окрестностях Бухара

2017-2021 yillarda bu bo‘yicha jami 14 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Afsuski, endi yo‘qotilgan yoki
zarar yetkazilgan ob’ektlarni asl holida tiklab bo‘lmaydi”, deyiladi partiya xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi tarixiy obidalarni saqlash va ta’mirlash-tiklash ishlarini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va
unga jazo choralarini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Sitorai Mohi Xosa saroyi — Yandex.Xarita

Shuningdek, mansabdor shaxslar ishtirokida sodir etilayotgan bunday jinoyatlarni tergov qilish vakolatini prokuratura organlari tergovchilariga o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Chunki tahlillarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2017-2021 yillarda huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kiritilgan
486 ta ko‘rsatma va taqdimnomalarning 179 tasi bajarilmagan. Shunday bo‘lsada, ularni bajarmaganlik uchun bor-yo‘g‘i 12 nafar shaxs ma’muriy va 2 nafar shaxs esa intizomiy javobgarlikka tortilgan, xolos.

Loyihada Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalarining bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma yoki taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Дворец Ситораи Мохи-Хоса в окрестностях Бухара