Buyuk ajdodlarimiz nomi bilan atalgan Toshkent metro bekatlari haqida bilasizmi…?!
- "Beruniy" metro bekati — Abu Rayhon Beruniy sharafiga nomlangan va 1991-yil 30-aprelida ochilgan.
- "G'afur G'ulom" bekati — Oʻzbek adabiyotining yorqin vakili Gʻafur Gʻulom sharafiga nomlangan va 1987-yil 6-noyabrda ochilgan.
- "Alisher Navoiy" bekati — Buyuk alloma Alisher Navoiy nomiga qo'yilgan va 1984-yil 8-dekabrda ochilgan.
- "Abdulla Qodiriy" bekati — Oʻzbek adibi Abdulla Qodiriy sharafiga shunday atalgan va 26-oktyabr 2001-yilda ochilgan.
- "Hamid Olimjon" bekati — Atoqli oʻzbek adibi Hamid Olimjon sharafiga nomlangan va 1980-yil 18-avgustda ochilgan.
- "Amir Temur" bekati — Amir Temur sharafiga nomlangan va 1977-yil 6-noyabrda ochilgan.
- "Oybek" bekati — Mashhur oʻzbek adibi Oybek sharafiga nomlangan va 1984-yil 8-dekabrda ochilgan.
- "Pushkin" bekati — Afsonaviy rus adibi Aleksandr Pushkin sharafiga nomlangan va 1980-yil 18-avgustda ochilgan.
- "Yunus Rajabiy" bekati — Taniqli bastakor Yunus Rajabiy sharafiga nomlangan va 2001-yil 26-oktyabrda ochilgan.
- "Mirzo Ulug'bek" bekati — O‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi sharafiga nomlagan va 1977-yil 6-noyabrda ochilgan.