Siz bilgan va bilmagan sirli Andijon..

Dukchi Eshon qoʻzgʻolonida isyonchilar qatl etilgan qalʼa Andijon shahridagi Dukchi Eshon MFYsida qad koʻtargan joylashgan boʻlib, u Chor Rossiyasi harbiy qismi uchun mudofaa qoʻrgʻoni sifatida bunyod etilgan. Uning 10 metrdan ortiq baland boʻlgan devorlaridan Andijon shahrining mahalla va koʻchalari kaftdek koʻrinib turgan va shu joydan turib isyonlarni bostirish imkoniyati boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, qalʼaning bir necha kazarma binolari, qurol-aslaha omborlari, oshxona, toʻpxonalardan iborat mudofaa qoʻrgʻoni boʻlgan.

Qalʼa 130-yil davomida juda koʻplab tarixiy voqealarni, xususan, 1898-yil Dukchi Eshon boshchiligidagi (qoʻzgʻolon ayovsiz bostirilib, 19 nafar qoʻzgʻolonchi Qalʼa maydonida osib oʻldirilgan. Bu yer dastlabki shahidlar maskaniga aylangan) urush fojialarining guvohi boʻlgan.

Asakada maʼrifat nurini sochgan inson Xoʻja Abdulloh Tugʻdor maqbarasi (mahalliy aholi orasida “Pistamozor” deb yuritiladi) VII asrda Qoraxoniylar podshohligi davrida 70 yil mobaynida Oʻzgan shahri poytahti hisoblangan.

Berilgan manbalarda yozilishicha, Xoʻja Abdulloh Tugʻdor oʻsha davrda yashagan ulugʻ zot Qilich Burxoniddin Said avlodidan boʻlib, paygʻambarlar avlodiga borib taqaladi. Z.M.Boburning piri ham oʻsha avloddan boʻlgan degan maʼlumotlar ham bor. Qoʻqon xonligi tashkil topgach, atrofdagi shahar va qishloqlarga oʻsha ulugʻ zotlarning avlodlaridan yuborilgan. Xoʻja Abdulloh bugungi Asaka hududiga kelib oʻrnashib, aholiga ilm-maʼrifat tarqatgan. Tahminan 1840-yilda vafot etgan va bugungi tumandagi “Pistamozor” deb atalgan joyiga dafn qilingan.

Shoir Xuvaydoning oʻgʻli qayta tiklagan ziyoratgoh. Andijon viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston bilan chegaradosh boʻlgan eng chekka sharqiy-janubiy hududida joylashgan Fozilmon ota ziyoratgohidagi buloqning suvi “tirik suv” deb hisoblanadi va undan necha asrlar davomida koʻplab odamlar shifo topib keladi.

XIII asrda yashab oʻtgan diniy ulamo Sayid Fozilmon Dehlaviy nomi bilan bogʻliq boʻlib, olamdan oʻtgach shu joyga dafn qilingan. XVI asr oxirida kelgan kuchli sel natijasida Fozilmon ota maqbarasi loyqa ostida qoladi. 1805-yilda tasavvuf ilmining yirik vakili, shoir Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Huvaydoning oʻgʻli Xolmuhammad Eshon ibn Xuvaydo tomonidan qabr oʻrni aniqlanib, maqbara qayta tiklanadi.