Sizga sayr qilishingiz uchun TOP 5 ta joyni tavsiya qilmoqchimiz..

Bugun sizga sayr qilishingiz uchun TOP 5 ta joyni tavsiya qilmoqchimiz:

1 - Toshkent botanika bog'i — O‘zbekistondagi birinchi botanika bog‘i 1920-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti
talabalari va olimlari tomonidan yaratilgan edi. Bog‘ qadimgi Anhor kanali yoqasida,
Turkiston general-gubernatori qarorgohidagi parkda joylashgan bo‘lib,
foydali yovvoyi o‘simliklarni o‘rganish uchun yaratilgan edi.

Akademik F.N. Rusanov nomidagi <br>Toshkent botanika bog'i

Bugungi kunda 67 gektarlik zamonaviy bog‘ maydoni poytaxtning shimoliy qismidagi turar joy hududida joylashgan.
Bu yerda yana Toshkent hayvonot bog‘i ham bor.

2 - Toshkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi — Toshkent shahrining markazida qurilayotgan
zamonaviy shaharcha. Navoiy shoh koʻchasi, Islom Karimov koʻchasi, Furqat koʻchasi va Olmazor koʻchasi
oraligʻidagi 80 gektar maydonda qurilgan.
Unga Alisher NavoiyXalqlar doʻstligiPaxtakorOʻzbekiston metro bekatlari yaqin joylashgan.
Shaharchada ishbilarmonlik markazlari, ofislar, turar joylar, parklar va boshqa ijtimoiy obyektlar joylashgan.
Toshkent City — qurilish xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar ajratgan pullar hisobiga qurilgan va foydalanishga topshirilgan

Ташкент-Сити — Википедия

3 - Navro'z bo'gi etnopark — “Navro‘z” istirohat bog‘i kechayu kunduz, ish kunlari va dam olish kunlari
tashrif buyuruvchilarni o‘ziga tortadi. Kunduzi – uzoqdan O‘zbekistonning eng baland  g‘ildiragi bo‘lgan
72 metrli “Anhor yulduzi”ning ko‘zni qamashtiruvchi qordek oppoq aylanma g‘ildiragini ko‘rish mumkin.
Kechqurun chiroqlar, LED lyuminestsensiyasining kamalakning barcha ranglarini hayratda qoldiradi va
mehmonlarni kayfiyati bilan o'ziga jalb qiladi. Bog‘da, siz O‘zbekiston bo‘ylab kichik sayohat qilishingiz mumkin,
yo‘lni topishingizda esa sizga maxsus yo‘naltirgichlar yordam beradi. Park miniatyurasida Registon maydoni,
Ark qal’asi, Oq-Saroy arki ustunlari va tengsiz Xudoyorxon saroyi joylashgan. Loyli devorlar, choyxona va
terasalardan o‘tayotib, o‘ziga xos me’morchilik, o‘yma naqshli anjomlar, javonlarga qo‘yilgan xalq amaliy
san’atining ajoyib mahsulotlari bilan tanishasiz. Bundan tashqari, “Navro‘z” bog‘ida milliy mahsulotlar,
suvenirlar, to‘qimachilik mahsulotlari, rassomlar asarlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar muntazam o‘tkaziladi.

NAVRO'Z” ETNOGRAFIK BOG'I

4 - Magic City —  Dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar, maydon
 8500 kv m bo‘lgan musiqiy favvora, balandligi 57 m bo‘lgan Noyshvanshtayn qasrining nusxasi va
Registon maydoni va 650 o‘ringa mo‘ljallangan Rim Kolizeyi ko‘rinishidagi amfiteatr mavjud.
Undan tashqari siz dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar,
maydoni 8500 kv m bo‘lgan musiqiy favvora, balandligi 57 m bo‘lgan Noyshvanshtayn qasrining nusxasi,
Registon maydoni va 650 o‘ringa mo‘ljallangan Rim Kolizeyi ko‘rinishidagi amfiteatrini k o‘rishingiz mumkin.

Открытие Magic City - анонс - Город

5 - Ashxobod sayilgohi — Toshkent markazida 2018-yilda ochilgan katta istirohat bog‘i. Kichik halqa yoʻli
va Magtimguli shoh koʻchasi oʻrtasida joylashgan. Bugungi kunda u 10 gektar maydonni egallaydi.
Shahardagi eng katta va eng mashhurlaridan biri. Bog'ning me'moriy ko'rinishi Turkmaniston poytaxti
- Ashxobod shahri qiyofasini o'zida mujassam etgan. Park taxminan 10 gektar maydonni egallaydi.
Bog'ning asosiy kirish qismida favvoralar o'rnatildi, Axalteke otlarining haykallari o'rnatildi.
Bogʻda koʻngilochar maskanlar, oʻrindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari barpo etildi,
koʻchatlar ekildi. Parkda piyoda va velosiped yo'llari mavjud.Bog' hududi Turkmanistonning ramziy timsollarini aks
ettiruvchi yodgorliklar bilan bezatilgan: dutor, Kaspiy dengizi va oq marmar Ashxobod, me'morchilik yodgorliklari,
tabiat va turkman zaminining boyliklari. Bogʻda 450 oʻrinli amfiteatr qurilgan boʻlib,
u yerda mumtoz, xalq, estrada musiqasi konsertlari, hazil-mutoyiba tomoshalari oʻtkaziladi.
Amfiteatr lochin shaklida qurilgan. Bu rasm Ashxobod xalqaro aeroportidan olingan.

Mening Ovozim