«Tuhfat ul-ahror» («Himmatlilar tuhfasi») dostoni 1481 yilda Jomiy tomonidan yozilgan bo‘lib, Nizomiyning «Mahzan ul-asror» hamda Xusrav Dehlaviyning keyingi «Matla’ ul-anvor» dostonlariga taqlidan yaratilgan.
Bu asar ma’naviy-axloqiy qarashlar jamlanmasi bo‘lib, unda qiziqarli hikoyatlar va tamsillar kiritilgan. Jomiy Naqshbandiya tasavvuf oqimining vakili bo‘lib, u o‘zining tariqatidagi birodarlarining ta’limotlarini tarqatishni istagan. Matn Markaziy Osiyoda sunniy yo‘nalishidagi Hanafiy mazhabiga ergashganlar orasida katta muvaffaqiyat qozongan.
Shubhasiz, Buxoroda kitobning asl sahifalari zarhal ishlov berilgan qalinroq rangli qog‘oz hoshiyalariga kiritilgan, tabiiyki, o‘sha joyda bugungi kunda mavjud muqova ham yaratilgan. Boshqa tomondan, nafis jilolantirilgan bezaklar 1500 yili Hirotda amalga oshirilgan bo‘lishi ham mumkin. Birinchi navbatda bu bo‘limlar sarlavhalaridagi naqshlar va bosh sahifalardagi zarhal bezaklardir (3 b–4 a).
Qo‘sh frontispisning to‘rtta hoshiyasida biz bezaklar musavviri qo‘li bilan yozilgan quyidagi she’rni o‘qishimiz mumkin (ma’nosi): «Abadiy jannat bog‘ini ko‘rsatadigan mazkur tuhfa [qulyozma] haqida aytish mumkinki, uning mushk taratib turgan xati bezatilgani sharofati bilan, u kimdir soxiylik bilan qimmatbaho toshlar solib qo‘yilgan sandiqcha yoki sohillarida marvaridlar sochilib yotgan ummon misoldir».
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.