Xattot Sulton Ali Mashhadiy (1453–1520) nasta’liq xatida yozish bo‘yicha buyuk fors ustasi hisoblanadi.
U Mashhaddan bo‘lib, Hirotda Mir Alisher Navoiy va Sulton Husayn Mirzo Boyqaroga xizmat qilgan. Uning xattotlik to‘g‘risidagi asari juda ham mashhur hisoblanadi. U yozgan mazkur qo'lyozma avval Xurosonda yozilib, keyinchalik XVI asrning o‘rtasida Buxoroda nihoyasiga yetkaziladi va qo‘lyozmaga ikkita miniatyura va zarhal asosga yozilgan ikki misra she’r qo‘shilgan, ular mashhur xattot qo‘li bilan bitilmagan. Bu Buxoroga keltirilgan qo‘lyozmalarning ko‘pi Buxoro uslubiga xos bo‘lgan hoshiyalar, ziynatlar bilan boyitilganining yaqqol namunasidir. Keyinchalik mazkur qo‘lyozma usmoniylar kolleksiyasida saqlangan. Qo‘lyozmadagi tiklash ishlaridan qolgan izlar, ehtimol, shu davrga taalluqlidir. Qo‘lyozma matnida qoldirilgan bo‘sh joylar boshidan qo‘shimcha tasvirlar kiritish rejasi bo‘lganligidan dalolat beradi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.