O‘rtaosiyolik mahalliy lo‘lilar doim ko‘chib yashashgan.
Ularning qo‘nalg‘alari shahar atrofida, katta bozorlar yaqinida joylashgan. Boshqa shaharlik ayollardan farqli o‘laroq lo‘li ayollar yuzlarini yashirmaydilar. Shu sababli o‘sha davr fotosuratchilari nafaqat ularning erkaklarini, balki yosh va kayvoni ayollarini ham, ularning yuzlarini, o‘zbek ayollarining kundalik kiyimlari rusumidan qolib ketgan eskicha kiyimlarini fotomuhrlash imkoniga ega bo‘lishgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.