Shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan madrasalar va hamma joylardagi masjidlar fotosuratchilarning diqqatini ilk qarashdayoq jalb qilardi.
Har bir shaharda o‘nlab, din markazi hisoblanmish Buxoroi Sharifda esa uch yuzdan ziyod masjid mavjud edi. Barcha ma’lum va mashhur shaharlarning eng markaziy maydoni atrofidan an’anaviy tarzda masjidlar uchun eng yaxshi yer maydoni ajratilardi. Gumbaz va tik minoralari tevarak-atrofdagi qurilishi bir xil, pastak uy-joylardan ajralib, mag‘rur qad rostlab turishi – shaharsozlikning an’anaviy ko‘rinishlaridan biri edi. Bundan tashqari, aksariyat jome’ masjidlari qadimiy mustahkam an’analar asosiga tayanib qurilgani sababli qo‘shimcha ravishda fotosuratchilarning diqqatini o‘ziga tortardi.
Endilikda yo‘q bo‘lib ketgan yoki vaqt o‘tishi tufayli qaytadan ta’mirlangan, tiklangan va rangtusi o‘zgargan masjidlarning o‘sha paytdagi holati fotosuratlar sababli saqlanib qolgan. Kamdan-kam uchraydigan tarixiy fotosuratlarda shahar atrofida tiklangan, uncha katta bo‘lmagan, hashamatsiz, atrofidagi uy-joylarni ham ko'rish mumkin.
Go‘ri Amir va Shohi Zinda, Tillakori va Bibixonim masjidlari shular jumlasidandir. Go‘ri Amir(forscha «amirqabri») – Amir Temur, uning o‘g‘illari va nabiralari dafn etilgan me’moriy ansambl. Majmuaga ilk bor AmirTemurbuyrug‘iga binoan uning nabirasi Muhammad Sultonning jasadi qo‘yilgan (1403), bu yerda 1421 yilda Amir Temurning o‘ziga ham qabrtoshi o‘rnatilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.