Surxondaryolik ayollarning ko‘krak bezaklari

Surxondaryolik ayollar ko‘krak bezagi sifatida haykel, tomoklov, urpiya taqishgan.

 

Ko‘pincha marjonlar birin-ketin bir necha qator qilib taqilgan: marjon munchoqlar kumush tangalar, gulband, boboxur bilan taqilgan va ular kumush plastika – setora, zirak va uzuklar bilan birgalikda Surxondaryo xotin-qizlarining o‘ziga xos liboslarini tashkil qilgan.

Tog‘lik ayollar ko‘kragiga taqib yurgan yana bir taqinchoq – bu gulband. U bir qancha turdagi (80 tagacha) rang-barang – qizil, sariq, oq, ko‘k rangli munchoqdan iborat bo‘lib, ba’zida o‘rtasiga oilaviy baxt keltiradigan tosh yoki kumush tumor – boboxur qadalgan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.