Bosh asosini old qismi jiyak bilan bezatilgan kiygich tashkil qilgan. Kiygich bezaklari xilma-xil rangli ipak yoki paxta ip bilan tamg‘a naqshida tikilgan bo‘lib, ushbu tamg‘alar orqali uni kiyib yurgan ayol qaysi qabilaga mansubligini aniqlash mumkin edi. Ustidan 3 – 5 metrlik qizil mato o‘ralgan qattiq asos boshning ikkinchi qismi hisoblangan. So‘ngra uning ustidan bir qancha rangli ro‘mol (ilgari ularning soni 25 – 30 ta bo‘lgan) pog‘ona shaklida o‘ralgan.
Bosh ustiga katta ro‘mol va kurta yopinchig‘i tashlab yurilgan. Bosh kiyimi sifati va soniga qarab, bosh yoki kambag‘al bosh deb atalgan. Hozirgi kunda uni ayrim keksa ayollargina kiyishadi. Beva ayollar boshiga oq ro‘mol qo‘shib o‘ragan (ko‘plab xalqlarda oq rang motam rangi hisoblanishi ma’lum).
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.