XX asrning birinchi choragida Muzey Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi aʼzosi I.A. Kastanyedan 1912–1916 yillarda to‘plagan arxeologik kolleksiyasining bir qismini qabul qilib oldi.
Uning tarkibida 500 dan ziyod buyum bor edi. Ular bugungi kunda 23 ta kolleksion ro‘yxatga kiritilgan.
Buyumlar orasida Axsikent, Toshkent atrofidagi No‘g‘oy-Qo‘rg‘on, Shohruhiya, Qonqa, O‘ratepa, Xo‘jakent, Koson yaqinidagi Qalʼai Mug‘, Angren daryosi bo‘yidagi Munchoqtepa, Panjikent yaqinidagi Qaynar shaharchasi, Termiz shahri va boshqa yerlardan keltirilgan sopol va shisha idishlar, mis idish-tovoqlar, chiroqlar, kuydirib ishlangan haykalchalar, bezaklarning namunalari bor.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (birinchi qism) kitob-albomida (XXVI jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.