Tarixga boy O’zbekiston dunyo sayyohlari nigohida...

O’zbekiston o’zining boy tarixi, o’tmishi, buyuk allomalari-yu tarixiy shaharlari bilan dunyo jamoatchiligi, ilm ahli va sayyohlarni jalb etib kelmoqda,
darhaqiqat, o’tmishda ilm-fan, ma’rifat, ziyo maskani bo’lgan bu dargoh hozirda ham o’z mavqeini yo’qotgani yo’q,
shu bois ham bugungi kunda millionlab sayyohlar osmono’par binolari-yu, ular uchun yaratib qo’yilgan imkoniystlari,
rivojlangan texnika-texnologiyalari bilan ularni jalb qilishga harakat qilayotgan jahonning turli rivojlangan malakatlariga emas,
balki tarixan va ma’nan boy bo’lgan, ma’naviy-ma’rifiy maskanlarni o’zida mujassamlashtirgan O’zbekistonga borib uning madaniy merosi bilan tanishishni,
tarixiy yodgorliklarga tashrif buyurib mozega sayohat qilishni afzal ko’rmoqdalar.

O’zbekiston mustaqillika erishgach, ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan behisob boyliklar-tarixiy yodgorliklarga bo’lgan e’tibor kuchaydi,
ular davlat nazorati ostiga olinib, vaqti-vaqti bilan doimiy rekonstruksiya qilinib turishi uchun, qolaversa, u yerda doimiy faoliyat olib boradigan mas’ullar uchun alohida fondlar tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo’qon, Shahrisabz kabi o’tmishga boy shaharlari hamda ulardagi ajdodlarimizning yuksak aqli,
didi, hamda iste’dodi bilan buyod etilgan, biroq sovet ittifoqi davrida halokat yoqasiga kelib qolgan tarixiy obidalar o’z qadr-qimmatini topadi,
mustaqilkka erishgandan to hozirgi kunga qadar ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda.
“Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta memoriy obida,
2700 tadan ortiq monumental san’at asarlari davlat muhofazasiga olingan bo’lib bu yodgorliklarning 200 tasi Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritilgan”

Bugungi kunda olib borilayotgan bunday o’zgarishlar bekorga emas, albatta, bularning bari o’tmishdan bizgacha yetib kelgan madaniy boyliklarimizni asrab-avaylash,
o’z tariximizni bobolarimizning nechog’lik ma’naviyatli, ma’rifatli bo’laganliklarini yoddan chiqarmaslik uchun, zero,
“tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q” qolaversa, ularni butun jahonga nomoyon qilish orqali dunyoda bor yo’g’i
32 million aholisi bo’lgan biroq ildam rivojlanayotgan mo’jazgina yurt- O’zbekiston degan yurtning bor ekanligini tarannum qilishdir, shuning uchun ham
bugungi kunda turizm masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, turizim nafaqat O’zbekistonni dunyoga tanitadi balki uning iqtisodiyotiga barqaror rivojlanishni ta’minlash,
yangi ishchi o’rinlarini yaratish va unga turdosh bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirish imkoniyatini yatatib berish orqali katta foyda
shuning uchun ham turizm faoliyatini rivojlantirish, uni ravnaq toptirish masalasi 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha
Harakatlar strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lgan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish tarmog’ida bu sohani yanada rivojlantirish bo’yicha
alohida bandlar belgilanganligi bejiz emas. Shu o’rinda, mamlakatimiz prizidenti Shavkat Mirziyoyevning bir fikrlari juda ham qimmatlidir “Turizm- iqtisodiyotning muhim tarmqolaridan biri.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur. Buni davrning o’zi taqozo etmoqda”.
Darhaqiqat, O’zbekistonning buyuk ipak yo’lining qoq o’rtasida joylashganligi, qulay tabiiy-iqlim sharoitiga, boy tarixi, madaniy merosga va salohiyatli kadrlarga ega
ekanligi bizda bu sohani rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoitlar borligidan dalolat beradi, yoshlardan talab qilinadigan narsa esa o’qib, izlanib,
mamlakatimizni qolaversa turizmni rivojlantirish uchun munosib tarzda harakat qilishi kerakligi xolos.