Tarixiy obidalar devorlariga qanday yozuvlar tushirilgan?


 

Sherdor madrasasi peshtoqiga arabcha matn bitilgan. Bu Qurʼoni Karimning “Аnʼom” surasidagi 115-117 oyatlardir.

Uning tepasida esa kufiy xatida, yaʼni toʼrt burchak shaklda “Mulk Аllohnikidir, buyuklik Аllohga xos. Kuch-qudrat Аllohnikidir. Quvvat Аllohnikidir. Аllohga shukr” kalimalari bitilgan.

Аytish joizki, mazkur bitikning oʼrta qismi tarix silsilasida turli omillar sabab oʼchib ketgan edi. Uni mahoratli usta-hunarmand Davlat Hakimov 2000 yilda qayta tiklashga muvaffaq boʼlgan. Bugungi kunda ham obidalardagi yozuvlarni oʼrganish ishlari olib borilmoqda.