«Tazkirat ul-avliyo» asari qo‘lyozmasi kimga bag‘ishlangan?

Ma’lumki, qadimda turkiy (chig‘atoy yoki eski o‘zbek) til va uyg‘ur alifbosi fors tili bilan bir qatorda temuriylar va turk-mo‘g‘ul hukmdorlari tomonidan keng qo‘llanilgan.

Bu qadimgi an’ana bo‘lib, Mir Haydar Tilbedan keyin Mir Alisher Navoiy turkiy til va adabiyotni qayta tiklashning yoqlovchisi sifatida namoyon bo‘ldi.

Gruber o‘z tadqiqotida Shohruxning qimmatbaho qo‘lyozmasini o‘z ustaxonasida ko‘chirtirishga ko‘rsatma berishdan maqsadi sof islom dinining sunniy yo‘nalishiga ko‘mak berish va rivojlantirish ekani haqida aytib o‘tadi. Qo‘lyozmadagi oltin harflar bilan yozilgan va sharhlangan hadislar buning dalolatidir.

Shu bilan birga Shohruh tavsiyasiga binoan tasavvuf tariqati shayxlari hayotidan hikoya qiluvchi «Tazkirat ul-avliyo» asarining tarjimasi ushbu kitobga ilova qilinishi ham yuqoridagi dalillarga mos keladi. Shunga qaramay, qo‘lyozmada uning kimga bag‘ishlangani ko‘rsatilmaganligi yoki birorta ham muhrning yo‘qligi, qo‘lyozma hukmdorga tortiq qilingan, deya faraz qilishga imkon beradi. Uyg‘ur yozuvining tanlanishini Shohruxning turk-mo‘g‘ul hukmdorlarini islom dinini qabul qilishga ko‘ndirish harakati bilan ham izohlash mumkin.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.