Temur tarixi Raza kutubxonasida

Hindistonning Rampur shahrida joylashgan Raza kutubxonasini odamlar «Kitoblar Toj Mahali», deb atashadi. XVIII asrda tashkil yetilgan ushbu kitoblar xazinasida turli tillarda yozilgan minglab qimmatli qo‘lyozmalar saqlanadi.

Ular orasida «Matlaʼ as-Saʼdayn» asari qo‘lyozmasi ham o‘rin olgan. Ushbu «2024» raqamli qo‘lyozma Аmir Temur va uning avlodlari tarixiga oid bo‘lib, u Kamoliddin Аbdurrazzoq ibn Jaloliddin Ishoq Samarqandiy tomonidan yozilgan. Kitobning to‘liq nomi — «Matlaʼ as-Saʼdayn va Majmaʼ al-Bahrayn» yoki «Ikki omadli sayyoraning chiqishi va ikki dengizning jamlanishi» deb nomlanadi.
 

Kitob ikki jilddan iborat. Birinchi jild Temurning taxtga o‘tirishidan boshlab, hukmronligining oxirigacha bo‘lgan tarixi bo‘lib, uning turli hududlardagi faoliyati batafsil bayon etilgan. Ikkinchi jild muallifning yashab o‘tgan hijriy 807, milodiy 1470 yil, yaʼni Sulton Shohrux davridan boshlab to hijriy 875, milodiy 1470 yil, yaʼni Sulton Hasan Mirzo davrigacha bo‘lgan Temur avlodlari tarixini to‘liq qamrab olgan.
Raza kutubxonasining kollektsiyasida saqlanayotgan «Matlaʼ as-Sadayn» qo‘lyozmasidan, Qosim Аli Turbatiy tomonidan hijriy 1009, milodiy 1600—1601 yillarda, sanasi ko‘rsatilgan holda ko‘chirilgan.

Mavzuga doirasida batafsil maʼlumotni “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumidagi “Oʻzbekiston adabiy merosi Rampur Razo kutubxonasi toʻplamida” (XXXIII jild) kitob-albomidan bilib olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.