Temuriylar davriga oid koshin

Shtutgartdagi Linden nomidagi muzey Yevropadagi eng mashhur etnologiya muzeylaridan biridir. Uning taxminan 150 000 ashyodan iborat to‘plami – uy-ro‘zg‘or buyumlari, yuksak mahorat bilan ishlangan badiiy asarlar, shuningdek, fotosuratlarning ajoyib jamlanmasini o‘z ichiga oladi. Davlat badiiy jamg‘armalaridan foydalanish imkoni tug‘ilishi natijasida muzey to‘plamiga kelib tushadigan ashyolar soni oshib bordi. Xususan, Xuroson va Movarounnahr badiiy metall va kulolchiligi namunalari jahon sanʼat savdosida sotib olindi. Aftidan, ushbu buyumlarni tanlash mezoni sifatida ularning ko‘rgazmabopligi nazarda tutilgan. 

Sharq bo‘limi to‘plami dunyo ahamiyatiga molik to‘plamga aylandi, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha esa (Xuroson badiiy metalli) hatto jahonda yetakchilik kasb etdi. Aytish joizki, ko‘p ashyolarning kelib chiqishi taxminiyligicha qolgan.
       
Sanʼat ashyolari sotuvchilaridan biridan kelib chiqishi, aftidan Samarqanddan, o‘yma bezakli va sidirg‘a yashil tusli, sirlangan sopol koshin sotib olingan. Boshqa koshinlar temuriylar davriga oid. Yog‘ochdan yasalgan baʼzi ashyolarga (panjara va bir talay eshiklar) «O‘rta Osiyo» (XIII – XX asrlar) deya aniq tavsif berilgan bo‘lsa-da, biroq ularning taalluqligi bo‘yicha to‘liqroq maʼlumot yo‘q.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.