Temuriylar tarixi davlat muzeyining 150 dan ortiq eksponatlari QR kodlarga ega ekanligini bilasizmi?

Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyining mobil ilovasi, 150 dan ortiq eksponatlar uchun QR kodlar va interaktiv sensorli proyektor yaratgan.

Unda muzeyning virtual ko‘rinishi, Amir Temur va temuriylar tarixiga bag‘ishlangan multimedia taqdim etilgan.

Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishi xalqimiz va sayyohlar uchun qulaylik yaratish, tariximizni keng targ‘ib qilish,
eksponatlar haqidagi ma’lumotlarni yanada kengroq ochib berish imkonini yaratmoqda.

Zero, mamlakatimizda muzey ishini modernizatsiya qilish, muzeylar va tomoshabinlarning o‘zaro hamkorligi, ya’ni kommunikatsiya masalalarini hal etish muhim vazifalardan biridir.
Bugungi kunda muzey ishida axborot tizimini shakllantirish, muzeylarni kompyuterlashtirish, ularni internet tarmog‘iga, multimedia dasturlariga ulash va yagona muzeylararo axborot tizimini shakllantirish
orqali masofaviy ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Bu vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’atni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.