Ko‘p asrlardan buyon yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshchilik sanʼati O‘zbekistonda amaliy sanʼatning eng mashhur turlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Mintaqamizning tabiiy iqlim sharoiti va ishlatilgan ashyolarning unchalik pishiq bo‘lmaganligi tufayli ushbu amaliy sanʼat turlarining qadimiy namunalari bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Ammo saqlanib qolganlari o‘zining mohirona ishlangan go‘zalligi bilan eʼtiborni tortadi. XVIII asrning oxiriga kelib, o‘zbek xonliklari hududlarida yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha mahalliy maktablar va markazlar rivojlana boshlagan. Ushbu hunarmandchilik ayniqsa Xorazm, Qo‘qon, Toshkent va Buxoroda yahshi rivojlangan.
Farg‘ona vodiysida ham yog‘och o‘ymakorligining o‘ziga xos uslubi shakllanib borgan. Ajoyib yog‘och o‘ymakorligi ustasi Qodirjon Haydarov Qo‘qon maktabining taniqli vakillaridan biri sanaladi. U pargori uslubidagi yassi relyefli o‘ymakorlikning tengi yo‘q ustasi sanalgan, uslubning nomi esa “pargor” – sirkul so‘zidan olingan.
Uning yasagan qutichalari va xontaxtalarining yuzasi sayqallanib, mayda o‘yma naqshlar bilan qoplanganligi uchun, har doim mehmonlarning eʼtiborini o‘ziga tortadi. K. Haydarovning mahoratini uning shogirdi U. Umarov o‘zlashtirgan bo‘lib, uning asarlari ham ko‘rgazmada namoyish etilmoqda.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi" turkumidagi “O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi to'plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.