Tezmizdagi "Qoratepa" Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochilganmi?

"Qoratepa" majmuasi Budda g‘or ibodatxonalar majmuasi milodiy 1-3-asrlar eski Termizning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab joy 1926-1928-yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan.

Qoratepa majmuasi - Obida 3 ta tabiiy do‘nglikda qurilgan. Umumiy maydon 8 ga dan ziyod. Janubiy Do‘nglikda 15 dan ziyod g‘or majmuasi bo‘lgan.
G‘arbiy do‘nglikdagi g‘or majmuasi 5 dan ortiq bo‘lmagan. Shimoliy do‘nglikning sharqiy qismini yer yuzasida joylashgan monumental majmua egallagan,
g‘arbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli bo‘lmagan ibodatxonalar band qilgan.

Qoratepadagi hamma imoratlar turli vaqtlarda barpo etilgan. Keyinchalik avvalgilariga yondosh qilib qurilgan, so‘ng ular bilan bir vazifani bajarishgan.
Hammasi bir necha bor ta'mirlangan va tarhi o‘zgartirilgan. Ibodatxonalar yoki boshqa muqaddas joylar ichi mavzuli syujetli va naqshinkor bezak, loyganch, ganch, tosh haykali bilan bezatilgan.

G‘or ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan o‘zlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning me'moriy usullari ustun turadi. Qoratepadagi dastlabki buddaviy ibodat inshootlari, aftidan, milodiy 1-asrda qurila boshlagan. Qoratepaning eng gullagan davri milodiy. 2-3-asrlarga to‘g‘ri kelib, bu paytda ibodatxonalar ko‘plab qurilgan, avvalgilari esa yangilangan hamda bezatilgan.



Bu jarayonda kushonshohlar, ularning noiblari, shahar hokimlari va badavlat shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim o‘rin tutgan. Qoratepadan topilgan, bag‘ishlov bitiklari bo'lgan sopollar bu holatni aniq ko‘rsatadi. Bitiklarga ko‘ra, Qoratepadagi ayrim majmuotlar Kxade-vakavixara- Podsho monastiri, Vxara Gulavxara vxad-Gulavxara o‘g‘li (Gon-dafar) Vixarasi, Okavixara deb nomlangan.

Qazish paytida Qoratepadan Kushon podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va ko‘zachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan ishlangan me'morlik detallari, plitalar, sopol chirog‘donlar, topilmalar ichida 70dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar (kharoshthi va brahma yozuvlari) hamda devorlarga chizilgan kushon-baqtriya va fors-pahlaviy xarakterli yozuvlar topilgan.