Tilla suvi bilan bezatilgan qo`lyozmalar

Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining kattagina qismi hozirgi kunda Istanbuldagi kutubxonalarda saqlanishidan xabaringiz bormi?

Navoiyning 3 ta asarining qo‘lyozmalari To‘pqopi saroyi muzeyi kutubxonasida, Turk va islom san’ati muzeyida hamda Istanbul universiteti kutubxonasida saqlanadi.

Istanbuldagi Navoiy qo‘lyozma asarlarining kattagina qismi temuriylar davriga oiddir. Ular XV  asrning oxirida Hirotdagi temuriylar qo‘lyozmalariga qiziqqan usmoniylar imperiyasi vakillari tomonidan to‘plangan bo‘lishi mumkin. 

Qo‘lyozmalarning barchasi qimmatbaho materiallardan foydalanilgan holda shohona bezatilgan. Ularning aksariyati o‘zining asliy jildlari bilan saqlanib qolgan. 17 ta qo‘lyozmadan to‘rttasining jildi loklangan va o‘n bittasi teridan ishlangan. Ulardan bittasi esa oltin ip va ko‘k ipak bilan hoshiyalangan. Jildning ichki tomoni ham charmdan va lok bilan ishlov berilgan.

Ba’zi kitoblarning sahifalari misralarining orasiga ham tilla suvi yurgizilgan. Hoshiyalarida esa oltin bilan bezatilgan naqshinkor husnixatlar tizilgan.

Qo‘lyozmalarning nodirlik darajasiga qarab, umumiy holatda ularni oliy tabaqali vasiylarga tegishli ekanligini taxmin qilish mumkin.

Manba:  "Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi bezakli qo'lyozmalari" 19 tom.

Loyiha bosh homiysi Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.