Todaydzi ibodatxonasidagi tilla suvi yugurtirilgan lagan

Nara shahridagi Todaydzi ibodatxonasida yana bir noyob xazina bor.

Bu navbatdagi osori atiqa tilla rang bug‘u tasviri tushirilgan va atrofi gul bargli naqsh bilan ziynatlangan kumush lagan. Aftidan, bunday idishlar Xitoyning turli hududlaridan ham topilgan. Ular orasida diametri  80 sm. dan oshadigan nusxalari ham bor, vaholanki bunday idishlarning gardishi  30 dan 40 sm. gachani tashkil etadi. Shu jihatdan ham Syosoin idishi alohida e’tiborga molikdir.


Idishning orqa tomoniga quyidagi so‘zlar o‘yib tushirilgan: «Todaydzi ibodatxonasi uchun naqshinkor idish, og‘irligi 6 kin 8 ryo». «Senzimon» xitoy dostoniga ko‘ra, u belgisi  beshinchi raqamni anglatadi. Ushbu holatga tayanib aytish mumkinki, idish Xitoyda tayyorlangan. Demak, idishning vatanini Tan Xitoyi deb hisoblash mumkin. Keyin u Yaponiyaga keltirilib, Todaydzi ibodatxonasining mulkiga aylangan va undan so‘ng Syosoin xazinasiga topshirilgan. Idish qanday maqsad uchun yasalganini aniq aytish mushkul bo‘lsa-da, katta ehtimol bilan taxmin qilish mumkinki, u Katta Budda haykaliga in’om sifatida  tayyorlangan. Hozirgi vaqtda bunday buyumlardan amaliy bezak namunalari sifatida foydalaniladi. Biroq Yaponiyadagi Nara davrida bunday buyumlar Katta Budda  haykaliga diniy marosim chog‘ida in’om etish maqsadida yasalgan. Xitoyda topilgan guldor naqshli idishlardan tashqari, markaziga hayvonlar  rasmi tushirilgan idishlar namunalarini ham uchratish mumkin.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi  Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.