Poyabzal tayyorlash har qanday boshqa hunarmandchilik turlari kabi hunarmandchilik va chinakam sanʼat o‘rtasidagi faoliyat bo‘lib kelgan.
Shu kungacha saqlanib qolgan qadimiy poyabzal namunalarining zargarlik buyumlari, badiiy kashtalar va qadimiy kulolchilik naqshlari qatorida muzey ko‘rgazmalaridan munosib o‘rin egallayotgani bejiz emas.
Kosib ustalar poyabzallarni charmgar-ko‘nchilar oshlagan qo‘y (charm), echki (kayroqi, bo‘zi), ho‘kiz (bulg‘or) va boshqa turdagi terilardan tayyorlangan charmdan tikishgan. Charmlar har xil rangga bo‘yalgan.
Tog‘ yaylovlarida yashovchi cho‘ponlar yog‘ochdan qilingan uch oyoqli boshmoq – tovuldirok poyabzal kiyganlar. Tovuldirokni yomg‘irli ob-havoda uyda ham kiyishgan. Ularni oyoq yalang yoxud ichiga patak yoki poxol solib, yoxud boldirgacha yopadigan qo‘y terisidan tikilgan ichigi teri maxsi, yoki charm ichigi maxsi bilan kiyishgan. Dalada ishlayotgan vaqtda sigir yoki ot terisidan tikilgan xom kavush kiyishgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.