Toshkent kulolchiligining o'ziga xosligi nimada?

Butunrossiya amaliy bezak va xalq san’ati muzeyining o‘zbek kulolchiligi to‘plami asosan 1937 yildagi Xalqaro Parij ko‘rgazmasida namoyish qilish uchun tayyorlangan 1930 yillarning buyumlarini o‘z ichiga oladi.

Aksariyat buyumlar ustazoda kulol, O‘zbekistonda bir qator mohir hunarmandlarga ustozlik qilgan Turob Miraliyev tomonidan yaratilgan. 

Ushbu usta ijodining gullagan davri 1920 – 1930 yillarga to‘g‘ri kelgan. Usta o‘z ishlarida o‘zbek kulolchiligining ikki an’anaviy uslubi – tasvir va o‘yma naqshning uyg‘unligini qo‘llagan. T. Miraliyev 1930 yillarda alohida, Toshkent usulida bezak berish uslubini shakllantirgan. Bunday buyumlarda o‘simliksimon naqshlar birmuncha geometrik shakllarga solingan va ular chekka qismidagi hoshiyalarda alohida bezaklar berilgani bilan ajralib turgan. Toshkent kulolchiligida asosiy kompozisiyalarning bir qancha turlarini ko‘rsatish mumkin. Ularda naqshlar juda sodda ko‘rinishda va nisbatan kam ishlatilgan. Ular o‘z oti bilan sodda va quroq deb nomlangan.

To‘rab Miraliyev va boshqa amaliy san’at ustalarining ishlari bilan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining “O‘zbekiston kulolchiligi jahon to‘plamlarida” kitob-albomining XLIV jildida tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.